So'rov qoldiring

Menyu

Kabel so‘zining kelib chiqishi

05.09.2024

Kabel so‘zining kelib chiqishi

Dastlab "kabel" atamasi elektr tokini o‘tkazuvchi simlar bilan umuman bog‘liq emas edi. “Kabeltov” deb 152 dan 330 mm gacha diametrga ega bo‘lgan kemalarning arqonlariga aytilardi. Ular shvartov (kemani band qilish uchun arqon) yoki buksir troslari sifatida ishlatilgan. Bu so‘z rus tiliga nemis, golland yoki fransuz tillaridan kirib kelgan.


Kabeltov — uzunlik birligi

Yana kabeltov — bu uzunlik o‘lchov birligi bo‘lib, 1/10 dengiz mili yoki 185,2 metrga teng.


So‘zning kelib chiqishiga oid ikki asosiy versiya mavjud:

  • Lotin tili;
  • Ibroniy tili (ivrit).

Lotincha versiya

Lotin tilida “kabel” so‘zining ajdodi deb “capere” (olmoq, ushlamoq, tutmoq) so‘zi hisoblanadi. Shu so‘zdan “capulum” degan so‘z kelib chiqqan, bu esa bevosita “ushlab turiladigan narsa” yoki “arqon” degan ma’noni bildiradi.


Ibroniycha versiya

Ibroniy tilida esa “kaval” va “kibel” so‘zlari bor bo‘lib, ular zanjirlamoq, bog‘lamoq degan ma’nolarni anglatadi. Bu so‘zlar Zabur (Mazmurlar) kitobida uchraydi. Ushbu so‘zlardan “kevel” (zanjir, kishan) degan so‘z hosil bo‘lgan. So‘ngra bu so‘z faqatgina arqon yoki tros ma’nosida ishlatilgan.


Zamonaviy ma’nodagi “kabel”

Hozirgi bizga tanish “kabel” so‘zi XIX asrda elektr uzatish vositasi sifatida ishlatilgan. Sababi — ishlab chiqarish texnologiyasi arqonlarga juda o‘xshash bo‘lgan. Elektr va telefon kabellari dastlab Angliya va Germaniyadagi arqon fabrikalarida ishlab chiqarilgan. Shuning uchun ular odatdagi “kabel” nomini olgan.