“Big 5 Construct Egypt” xalqaro sanoat ko’rgazmasi
22.06.2023
2023 yil 19-21 iyun kunlari Misr Arab Respublikasining poytaxti Qohiradagi "Misr xalqaro ko‘rgazma saroyi" da "Big 5 Construct Egypt" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining 10 ga yaqin korxonasi O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi eksportni rivojlantirish agentligi ko‘magida markazlashgan ko‘rgazma stendi bilan birinchi marta ushbu nufuzli ko‘rgazmada ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma doirasida nafaqat ishtirok etish, balki investitsiya va eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Misrning nufuzli kompaniyalari bilan bir qator sessiyalar va "B2B" uchrashuvlari ham o‘tkaziladi.