So'rov qoldiring

Menyu

YeTTB O‘zbekistonda mis kabellar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga yordam beradi

17.04.2025

Chop etish

Artikul Aziya Kabel 20 million yevrogacha bo‘lgan kreditni eksportni oshirish uchun yo’llaydi

www.ebrd.com/news

Sana: 17/04/2025
Ma’sul shaxs: Anton Usov
Tel: +77014283769
Email: usova@ebrd.com
X: @AntonUsov1892

 

Artikul Aziya Kabel kuchlanuvchi elektr kabellar ishlab chiqarish bo’yicha O‘zbekistondagi  yetakchi kompaniya hisoblanadi

  • YeTTB mis kabel va simlar sohasida yirik ishlab chiqaruvchi bo’lgan Artikul Aziya Kabel korxonasiga 20 million yevrogacha kredit beradi
  • Ushbu kredit ishlab chiqarishni kengaytirish va eksport hajmini oshirishga yo’naltiriladi
  • Loyiha O'zbekistonda elektr tarmoqlarni yangilanishiga hissa qo'shadi

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) xususiy sektorni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, elektr tarmoqlarini yaxshilash va qayta tiklanadigan energiyani yanada keng joriy etish uchun muhim bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni quvvatlash maqsadida O‘zbekistondagi yetakchi mis kabel va sim mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi - Artikul Aziya Kabel (AAK) korxonasiga 20 million yevrogacha kredit ajratadi.

YeTTB krediti AAK tomonidan mis kabel va sim mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va quyosh kabellari kabi maxsus mahsulotlar eksportini ko‘paytirish uchun ishlatiladi. Mablag‘lar AAK ning Markaziy Osiyoda tan olingan kabel va sim yetkazib beruvchisi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga va Yevropa Ittifoqi bozorlariga chiqishiga yordam beradi, hamda xalqaro miqyosda tan olingan bozor o‘yinchisi va eksportchisi bo‘lish bo‘yicha uzoq muddatli intilishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

AAKning mahalliy ishlab chiqarishni ko'paytirishga qaratilgan sa'y-harakatlari, "O'zbekiston 2030" strategiyasida belgilangan O'zbekistonda mahalliy mis ishlab chiqarishni 3 barobar oshirish maqsadini amalga oshirilishiga hissa qo’shadi. AAK tomonidan ishlab chiqarilyotgan va yangi kabel mahsulot turlari, import o'rnini bosishiga yordam beradi, o'sib borayotgan qurilish sektorini qo'llab-quvvatlaydi va mamlakatning elektr tarmoqi barqarorligini oshiradi.

Ushbu loyiha doirasida AAK, EBRDning texnik yordami bilan, mahalliy ta'lim hamkorlari bilan hamkorlikda maxsus o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi. Kompaniya samaradorlik va korporativ boshqaruvni yaxshilash uchun xalqaro eng yaxshi amaliyotlarni joriy etadi. EBRD bilan hamkorlikda, kompaniya elektr va elektron sanoatidagi VDE (Yevropa Ittifoqining xavfsizlik va sifat standartlariga) muvofiq bo‘lishni maqsad qilgan.

O‘zbekiston so‘nggi besh yil ichida Markaziy Osiyoda YeTTB tomonidan moliyalashtirilgan yetakchi mamlakat bo‘ldi. Bank mamlakatga 174 ta loyiha boʻyicha 5,5 milliard yevro atrofida sarmoya kiritdi, bu mablagʻning katta qismi xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun yonaltirilgan.