Artikul Aziya Kabel – kabel va elektr ulagich mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod

16.06.2023
Oʻzbekistonda kabel va sim mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yetakchilardan biri hisoblanuvchi “Artikul Aziya Kabel” korxonasiga 2013-yilda asos solingan. Kabellar va murakkab loyihalar uchun sarf etilgan 10 yillik vaqt mobaynida korxona sezilarli yutuqlarni qoʻlga kiritib ulgurdi. Yetakchilikka boʻlgan intilish, doimiy ravishda oldinga harakat qilish va xaridorlarning ehtiyojlarini avvaldan taxmin qilish qobiliyati korxonaning umumiy faoliyatida oʻz aksini topgan. Ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish samaradorlikni oshirishga imkon bergan. Tajribali va malakali xodimlarimiz jamoasi kelajakka ishonch bilan nazar tashlaydi va oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni masʼuliyat bilan bajaradi.